Termiz shahrida biologik faol qoʼshimcha mahsulotlar nusxasini ishlab chiqarib sotayotgan yashirin sex aniqlandi

Termiz shahrida biologik faol qoʼshimcha mahsulotlar nusxasini ishlab chiqarib sotayotgan yashirin sex aniqlandi

Departamentning Termiz shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.M. xaridor J.ga 86 dona “Al Hadaya” (150 ming soʼmdan) va 100 dona “Аndrogard” (250 ming soʼmdan) nomli mahsulotlar nusxalarini firibgarlik yoʼli bilan 40 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlangan (https://t.me/Department_uz/2433).

Fuqaroning “Kattabogʼ” MFY hududidagi xonadoni koʼzdan kechirilganda, bu yerda yashirin sex tashkil etgani aniqlanib, 152 turdagi har xil yogʼ mahsulotlari, boʼsh idishlar, yorliqlar ishlab chiqarishda foydalanilgan noutbuk va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan 168-moddasi (firibgarlik), 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʼtkazish maqsadini koʼzlab ishlab chiqarish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.