Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning viloyatimizga qilgan tashriflari davomida belgilangan vazifalar ijrosi aholi orasida targʼib qilindi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning viloyatimizga qilgan tashriflari davomida belgilangan vazifalar ijrosi aholi orasida targʼib qilindi
Bugun, 11 iyunь kuni shahar hududidagi Sanʼat saroyi binosida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning joriy yil 1-2-iyunь kunlarida Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar, dasturlar va boshqa masalalar boʼyicha viloyat Kengashining 2021 yil 4 iyundagi №09-01/380-sonli topshirigʼi ijrosini taʼminlash maqsadida belgilab berilgan ish-reja asosida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan targʼibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirga shahardagi deputatlar, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar, yoshlar, ayollar hamda keng jamoatchilik vakillari jalb qilinib, 260 nafar kishi qamrab olindi. Tadbirni Termiz shahar 4-sektor rahbari, shahar Davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi Xudayberdiev Madamin Аmanovich ochib berdi. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat boʼlinmasi rahbari Qobulova Mavluda Umarjonovna tomonidan Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda belgilangan vazifalar xususida maʼruza qilindi. Tadbirda “Аyollar”, “Yoshlar” va “Temir” daftarlariga kiritilgan oilalar bilan olib boriladigan vazifalar boʼyicha Termiz shahridagi 4-sektor masʼul kotibi Muxamadiev Nurali Raxmatovichning maʼruzasi tinglandi. Ochiq muloqot jarayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Yigʼilish yakunida yigʼilganlar oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib, tegishli javoblarni olishdi. Targʼibot tadbiri juda koʼtarinki, qizgʼin tarzda oʼtdi.