TERMIZ SНАHRINING 2022 YIL 1 CнORАGIDАGI IQTISODIY KOʼRSАTKICНLАRI

TERMIZ SНАHRINING 2022 YIL 1 CнORАGIDАGI IQTISODIY KOʼRSАTKICНLАRI

Mamlakatimizda bugungi kunda yuz berayotgan oʼzgarishlar, ayniqsa iqtisodiyotimizning rivojlanish koʼrsatkichlari har birimizga alohida quvonch bagʼishlaydi. Joriy yilda xam yuksak oʼsish surʼatlari koʼzda tutilyapti.

Maʼlumki, istiqlol yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda xunarmandchilik sohalarida nafaqat iqtisodiyotimizning yetakchi boʼgʼini, balki davlatimiz va jamiyatimiz rivojida hal qiluvchi ahamiyatiga ega boʼlgan asosiy kuchga aylandi.

Ayniqsa bozorni import oʼrnini bosuvchi mahsulot hamda xizmatlar bilan toʼldirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, aholi bandligini taʼminlashda tadbirkorlarimizning hissasi salmoqli boʼlmoqda. Bugungi kunda shaharda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subektlarini rivojlanishi yalpi ichki maxsulotni shakllantirishdagi ulushining oʼsib borishi bunga asos boʼladi.

Oʼz navbatida tadbirkorlar izlanuvchanligi tufayli aholi turmush farovonligini oshirish, daromadini koʼpaytirishda yetakchi kuchga aylandi. Shahrimizda faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlar tomonidan savdo, sanoat, xizmat sohalarida boʼlayotgan yangilanishlar fikrimizning yaqqol tasdigʼidir.

Termiz shahrimizda 2022 yil 3 oy yakunida sanoat mahsulotlari 101,4 % ga, qurilish pudrat ishlari 114.8 % ga, xizmatlar 117,8 % ga, savdo 111,9 % ga, qishloq xoʼjaligi yalpi mahsuloti 100,3 % ga bajarilgan boʼlsada, bu koʼrsatkichlarning asosiy ulushi tadbirkorlik subʼektlariga toʼgʼri kelmoqda.

Tadbirkorlarimizni qoʼllab-quvvatlash maqsadida, Termiz shaxar statistika boʼlimi tomonidan har oyning ikkinchi toʼrtinchi juma kunlari “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib, unda kichik biznes subektlariga hamda fermer xoʼjaliklari tomonidan elektron hisobotlarini topshirish va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tadbirkorlar uchun qabul qilingan yangi Farmonlari, Qarorlari va undagi imkoniyatlar toʼgʼrisida tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Qisqacha aytganda, Termiz shahrimiz tadbirkorlari iqtisodiyotimiz ravnaqi, halqimiz turmush darajasini oshishiga oʼz kuch-qudratini sarf qilishdan va mehnat samarasini oshirishdan toʼxtamaydi.

Termiz shahar statistika boʼlimi