Termiz shahridagi viloyat Barkamol avlod bolalar maktabida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida sportning shaxmat-shashka turi boʼyicha shahar bosqichi boʼlib oʼtdi

Termiz shahridagi viloyat Barkamol avlod bolalar maktabida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida sportning shaxmat-shashka turi boʼyicha shahar bosqichi boʼlib oʼtdi.

Musobaqada 27-30 yosh toifasida oʼgʼil bolalar oʼrtasida faxrli 1-oʼrinni Boʼston mahallasidan Nazarov Kushan Haqberdievich va 11-15-yosh toifasida Maʼrifat mahallasidan Mushtariy Turdievalar faxrli 1-oʼrinni egallab viloyat bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritishdi.

Gʼoliblar diplom va vaucherlar bilan taqdirlandilar. Boshqa yosh toifalari oʼrtasida musobaqalar qizgʼin davom etmoqda. Bu haqda keyinroq batafsil maʼlumot beramiz.