TERMIZ SHAHRINING 2022 YIL I-CHORAKDAGI IQTISODIY KO’RSATKICHLARI.

TERMIZ SHAHRINING 2022 YIL I-CHORAKDAGI IQTISODIY KO’RSATKICHLARI.


Mamlakatimizda bugungi kunda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ayniqsa iqtisodiyotimizning rivojlanish ko‘rsatkichlari xar birimizga aloxiga quvonch bag‘ishlaydi. Joriy yilda xam yuksak o‘sish sur’atlari ko‘zda tutilyapti.

Ma’lumki, istiqlol yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda xunarmandchilik sohalarida nafaqat iqtisodiyotimizning yetakchi bug‘ini, balki davlatimiz va jamiyatimiz rivojida hal qiluvchi axamiyatiga ega bo‘lgan asosiy kuchga aylandi.

Ayniqsa bozorni import o‘rnini bosuvchi mahsulot xamda xizmatlar bilan to‘ldirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlashda tadbirkorlarimizning hissasi salmoqli bo‘lmoqda. Bugungi kunda shaxarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarini rivojlanishi yalpi ichki maxsulotni shakllantirishdagi ulushining o‘sib borishi bunga asos bo‘ladi.

O‘z navbatida tadbirkorlar izlanuvchanligi tufayli aholi turmush farovonligini oshirish, daromadini ko‘paytirishda yetakchi kuchga aylandi. Shaxrimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar tomonidan savdo, sanoat, xizmat sohalarida bo‘layotgan yangilanishlar fikrimizning yaqqol tasdig‘idir.

Termiz shaxrimizda 2022 yil 3 oy yakunida sanoat mahsulotlari 101,4 % ga, pudrat qurilish ishlari 114.8 % ga, xizmatlar 117,8 % ga, savdo 111,9 % ga, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 100,3 % ga bajarilgan bo‘lsada, bu ko‘rsatkichlarning asosiy ulushi tadbirkorlik sub’yektlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Tadbirkorlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Termiz shaxar statistika bo‘limi tomonidan har oyning ikkinchi to‘rtinchi juma kunlari “Ochiq eshik kunlari” tashkil etilib, unda kichik biznes subyektlariga hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan elektron hisobotlarini topshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tadbirkorlar uchun qabul qilingan yangi Farmonlari, Qarorlari va undagi imkoniyatlar to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Qisqacha aytganda, Termiz shaxrimiz tadbirkorlari iqtisodiyotimiz ravnaqi, halqimiz turmush darajasini oshishiga o‘z kuch-qudratini sarf qilishdan va mehnat samarasini oshirishdan to‘xtamaydi.
Termiz shaxari statistika bo‘limi