Bugun barcha muzeylar tashrifchilar uchun bepul xizmat koʼrsatadi

Bugun barcha muzeylar tashrifchilar uchun bepul xizmat koʼrsatadi

18 may – Xalqaro muzeylar kuni boʼlib, u 1977 yildan beri nishonlab kelinadi.

Bugungi kunda Oʼzbekistonda 100 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Ular orasida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Termiz arxologiya muzeyi hamda Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi eng mashhurlari hisoblanadi.

Bugun ushbu muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” oʼtkazilib, tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat koʼrsatadi.

Tarix va bugunni bevosita bogʼlab turuvchi, insoniyatning ibtidosidan to bugungi kunigacha tilsiz hikoya qiluvchi xotiralarni oʼzida asrab kelayotgan ushbu muzeylarimiz ekspozitsiyasi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatni qoʼldan boy bermang!

Maʼlumot uchun, qonunchilikka koʼra, haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha boʼlgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar muzey ashyolari va kollektsiyalarini kirib koʼrish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.