2023-yilda yurtimizda aholini roʼyxatga olish tadbiri

2023-yilda yurtimizda aholini roʼyxatga olish tadbiri

Qachon, qanday shaklda oʼtkaziladi.
Tayyorgarlik bosqichi aniq va sifatli yakuniga yetkazilgach, 2023 yilning noyabr oyida aholini roʼyxatga olish ishlari boshlanadi. Qaror bilan belgilangan Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish tartibiga koʼra, roʼyxatga olish ishlari ikki xil usulda —qogʼoz shakli hamda internet tarmogʼi orqali amalga oshiriladi.

Birinchi usulda roʼyxatga oluvchi xodimlaruyma-uy yurib, soʼrov oʼtkazadi va savollardan iborat varaqani respondentlarning soʼzlari asosida toʼldiradi.
Bunda roʼyxatga olish ishlari besh xil shakldagi soʼrovnomalar—turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar roʼyxati, shaxsga oid savolnoma, Oʼzbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet yel fuqarolari uchun savolnoma, aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish boʼyicha savolnoma hamda vaqtincha turgan joyi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar uchun nazorat varaqasiberish asosida oʼtkaziladi.

Soʼrovnomalarasosiy demografik koʼrsatkichlar, aholining mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, taʼlim darajasi, uy xoʼjaligi aʼzolarining iqtisodiy holati, bolalar soniga oid savollardan iborat boʼladi.

Yashab turgan xonadonida roʼyxatdan oʼtishni istamagan respondentlar uchun roʼyxatga olish soʼrovnomalarini toʼldirish ularning oʼzlari yashab turgan mahallalarda tashkil yetiladigan instruktorlik uchastkalarida amalga oshiriladi.
Respondentlar tomonidan taqdim yetilgan shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va ularning mazmuni oshkor yetilmasligi roʼyxatga oluvchi tomonidan kafolatlanadi.
Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmogʼi orqali roʼyxatdan oʼtish imkoniyati yaratiladi. Bunda soʼrovnomalar aholining oʼzi tomonidan maxsus dastur orqali toʼldirilib, belgilangan yelektron manzilga joʼnatiladi.

—Aholini roʼyxatga olishning birlamchi maʼlumotlari hududiy statistika boshqarmalari huzurida tashkil yetiladigan markazlarda maxsus dasturiy taʼminot asosida 2024 yil 1 yanvardan 31 dekabrga qadar operatorlar tomonidan yelektron bazaga kiritiladi, — dedi Qobil Berdiqulov. —Roʼyxatga oluvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yigʼma roʼyxatlar natijalari asosida shahar va qishloqlar, shu jumladan, yerkaklar va ayollar boʼyicha aholi soni toʼgʼrisidagi dastlabki maʼlumotlar yesa 2024 yil 1 martga qadar tayyorlanadi.Aholini roʼyxatga olishning yelektron maʼlumotlar bazasi 2025 yil 1 dekabrgacha tahlil yetiladi va yakuniy maʼlumotlar respublika hamda hududlar boʼyicha shakllantirilib, rasman yeʼlon qilinadi.
Mazkur vazifalarning bari tizimli tarzda amalga oshirilgani holda, roʼyxatga olish orqali ryespublika aholisi va uning farovonligi toʼgʼrisidaishonchli maʼlumotlar toʼplanadi.

Ular aholi soni, tarkibi va taqsimlanishi boʼyicha toʼliqbazani shakllantirish bilan birga, Milliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish,ularda foydalaniladigan demografik oʼzgarishlar tendensiyalari, mehnat resurslari joylashuvi hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qoʼl keladi.