SENАTOR TERMIZ ShАHRIDА TАRGʼIBOT IShLАRINI OLIB BORMOQDА

SENАTOR TERMIZ ShАHRIDА TАRGʼIBOT IShLАRINI OLIB BORMOQDА

Bugun, 17 may kuni Termiz shahar hokimligining majlislar zalida boʼlib oʼtgan yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʼliqni saqlash masalalari qoʼmitasi raisi Odiljon Iminov Oliy Majlis Senatining 2022 yil 28-29 aprelь kunlari 25-yalpi majlisida koʼrib chiqilgan masalalar, qabul qilingan qarorlar hamda maʼqullangan Qonunlarning hamda “Inson aʼzolari va toʼqimalarining transplantatsiyasi toʼgʼrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berib, targʼibot ishlarini olib bordi.

Ushbu yigʼilishda shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev, sektor rahbarlari, xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri, shahar hokimining oʼrinbosarlari, xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar Oliy Majlis Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida koʼrilgan boshqa masalalar haqida ham atroflicha maʼlumotga ega boʼldilar.