Аyollar oʼrtasida velomarafon musobaqasi oʼtkazildi

Аyollar oʼrtasida velomarafon musobaqasi oʼtkazildi

Termiz shahrida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish maqsadida hamda 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan ayollar oʼrtasida velomarafon oʼtkazildi.

Unda shahardagi tashkilot va korxona xodimlari, shuningdek, keksalar hamda yoshlar faol ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida gʼoliblarga hamda eng yosh va eng yoshi ulugʼ ishtirokchi nominatsiyalari boʼyicha ishtirokchilarga esdalik sovgʼalar berildi.