Isroil Xudoyberdiev Pokiston elchisini qabul qildi

Isroil Xudoyberdiev Pokiston elchisini qabul qildi
Bugun, 10 iyun kuni Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Said Аli Аsad Gʼiloniy bilan uchrashuv oʼtkazdi. Uchrashuvda viloyat hokimining oʼrinbosari Joʼrabek Toʼraev va shahar hokimining masʼul oʼrinbosarlari ishtirok etdi. Oʼtkazilgan uchrashuvda Termiz shahrida xalqaro maktab va xalqaro oʼquv markazi tashkil etish, mexmonxona qurish uchun investor jalb etish, tibbiyot va xizmat koʼrsatish sohalarida hamkorlik qilish borasida amalga oshiriladigan ishlar va bir qancha masalalar muhokama etildi