“Surxon zaminida ilk qadamlar”

 


“Surxon zaminida ilk qadamlar”


Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabasi Bekkeldiyeva Muattar Fazliddin qizining “Surxon zaminida ilk qadamlar” mavzusida tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmasi viloyat badiiy ijodkorlar uyushmasining “Art galeriya”sida bo‘lib o‘tdi.

Yosh ijodkor o‘z asarlarida nafaqat adabiy manbalarga, balki, o‘zlarining cheksiz fantaziyalariga ham murojaat qilib takrorlanmas asarlar yaratishga harakat qilgan. Ko‘rgazmada ijodkorning 80 dan ortiq asari namoyish etildi.

Ma’lumot uchun: Bekkeldiyeva Muattar Fazliddin qizi 2002 yil 11 aprelda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2021 yil “Qalb ko‘zgusida rangin jilolar” ko‘rik-tanlovida birinchi darajali diplom bilan taqdirlangan. 2022 yil “Viloyat hokimi stipendiyasi” sohibasi, “Parvoz kamalagi nov nihol” MCHJ rahbari hisoblanadi