“Surxon zaminida ilk qadamlar”

“Surxon zaminida ilk qadamlar”

Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi taʼlim yoʼnalishi talabasi Bekkeldieva Muattar Fazliddin qizining “Surxon zaminida ilk qadamlar” mavzusida tasviriy va amaliy sanʼat koʼrgazmasi viloyat badiiy ijodkorlar uyushmasining “Аrt galeriya”sida boʼlib oʼtdi.

Yosh ijodkor oʼz asarlarida nafaqat adabiy manbalarga, balki, oʼzlarining cheksiz fantaziyalariga ham murojaat qilib takrorlanmas asarlar yaratishga harakat qilgan. Koʼrgazmada ijodkorning 80 dan ortiq asari namoyish etildi.

Maʼlumot uchun: Bekkeldieva Muattar Fazliddin qizi 2002 yil 11 aprelda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tugʼilgan. 2021 yil “Qalb koʼzgusida rangin jilolar” koʼrik-tanlovida birinchi darajali diplom bilan taqdirlangan. 2022 yil “Viloyat hokimi stipendiyasi” sohibasi, “Parvoz kamalagi nov nihol” MChJ rahbari hisoblanadi.