Pokiston elchisi Termizga keldi

Pokiston elchisi Termizga keldi
Bugun Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Аli Аsad Gʼiloniy Surxondaryoga tashrif buyurdi. Mehmonni Termiz xalqaro aeroportida viloyat hokimining oʼrinbosari Joʼrabek Toʼraev kutib oldi.
12 iyunga qadar davom etadigan amaliy tashrif davomida Said Аli Аsad Gʼiloniyning Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashishi, Termiz xalqaro savdo markazi taqdimoti hamda viloyatning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishuvi koʼzda tutilgan.