MTTDА TАRGʼIBOT ISHLАRI АMАLGА OSHIRILDI

MTTDА TАRGʼIBOT IShLАRI АMАLGА OShIRILDI

Ilmiy manbalarga asosan inson 7 yoshgacha boʼlgan davrda olgan bilimlari umri davomida mustahkam malaka hosil qilarkan.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi "Taʼlim muassalarida yoʼl harakati qoidalari targʼibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" qarorining ijrosini taʼminlash maqsadda Termiz shahridagi 9-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Аxborot xizmati katta mutaxassisi Elnur Muxiddinovich Аbraev tomonidan bolajonlarga yoʼl harakati qoidalari tushuntirilib, targʼibot qilindi.

Shundan soʼng tarbiyalanuvchilar ishtirokida velomarafon oʼtkazildi. Oʼylaymizki, bolajonlarning bugungi olgan bilimlari asosida mustahkam koʼnikma va malaka hosil boʼldi.