Termiz shahrida "Mato to‘qish va bo‘yash" ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
Termiz shahrida "Mato to‘qish va bo‘yash" ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
Bugun, 10-may kuni ilk zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan mato to‘qish va bo‘yash korxonasi ishga tushirildi.
Ushbu jarayonda Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev va mas’ullar ishtirok etib, ish jarayonlari bilan tanishdilar. Ayni vaqtda korxonada birinchi bosqich ya’ni mato to‘qish ishlari amalga oshirilmoqda.
Termiz shahar “Navro‘z” mahallasi hududida joylashgan korxona to‘liq quvvat bilan ish boshlagandan so‘ng 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.