Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida belgilab berilgan vazifalar ijrosi keng jamoatchilikka targʼib qilindi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida belgilab berilgan vazifalar ijrosi keng jamoatchilikka targʼib qilindi
Bugun, 10 iyunь kuni shahardagi Qoʼgʼirchoq teatri binosida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning joriy yil 1-2-iyunь kunlarida Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar, dasturlar va boshqa masalalar boʼyicha viloyat Kengashining 2021 yil 4 iyundagi № 09-01/380-sonli topshirigʼi ijrosini taʼminlash maqsadida belgilab berilgan ish-reja asosida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan targʼibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirga shahardagi deputatlar, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar, yoshlar, ayollar hamda keng jamoatchilik vakillari jalb qilinib, 220 nafar kishi qamrab olindi.
Tadbirni Termiz shahar 3-sektor rahbari, shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi Normamatov Аnvar Mamatovich ochib berdi. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat boʼlinmasi rahbari Qobulova Mavluda Umarjonovna tomonidan Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda belgilangan vazifalar xususida maʼruza qilindi.
Tadbirda “Аyollar”, “Yoshlar” va “Temir” daftarlariga kiritilgan oilalar bilan olib boriladigan vazifalar boʼyicha Termiz shahridagi 3-sektor masʼul kotibi Pirmatov Jaxongir Xolmamatovichning maʼruzasi tinglandi. Ochiq muloqot jarayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Targʼibot tadbiri juda koʼtarinki, qizgʼin tarzda oʼtdi.