Xotira abadiy – qadr muqaddas!

Xotira abadiy – qadr muqaddas!


Bugun erta tongdan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Termiz shahridagi Motamsaro ona haykali maydonida tantanali gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi.


Marosimda Surxondaryo viloyat va Termiz shahar hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqarma va idoralar jamoalari hamda nuroniylar vakillari tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.
Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi.