9 may "Xotira va qadrlash kuni munosabati" UCH AVLOD UCHRASHUVI!

9 may "Xotira va qadrlash kuni munosabati" UCh AVLOD UCHRASHUVI!

Bugun, Termiz shahrida 9 may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bayram dasturxoni yozilib tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda front ortida mardonavor mehnat bilan ibrat va namuna ko‘rsatgan fidoyilar, mehnat faxriylari, mahalla faollari, yoshlar, jamoatchilik vakillari va OAV vakillari qatnashdilar.

Dastlab shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev yig‘ilganlarni bayram bilan qutlab, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan nuroniylarni e’tirof etdi.

Shuningdek, front ortida mehnat qilgan 33 nafar faxriylarimiz Termiz shahrining ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotganligini qayd etdi.

Bayram tadbiri davomida “Xotira muqaddas, qadr – abadiy!” shiorini madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Nuroniy faxriylarimiz tomonidan Xotira nafaqat o‘tmishni unutmaslikni, balki bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetishni, shukrona keltirish va ertangi kunga ishonch bilan yashash hissi naqadar baxt ekanligi haqida fikrlar bildirdilar.