“Tashabbusli byudjet” ijrosi nazoratda

“Tashabbusli byudjet” ijrosi nazoratda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-5072-sonli qarori hamda sohaga doir boshqa qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2022 yil aprelь oyida Surxondaryo viloyati Termiz shahar boʼyicha jami 9 ta loyihalar gʼolib deb topildi.
Loyihalarni amalga oshirish boʼyicha Termiz shahri 2021 yil yakuniga koʼra shakllangan qoʼshimcha mablagʼlar hamda 2022 yilning 01 yanvarь holatiga shakllangan erkin qoldiq mablagʼlari hisobidan “Fuqarolar tashabbusli byudjeti” jamgʼarmasiga jami 5067,0 mln.soʼm mablagʼ ajratildi.

Ulardan 1500,0 mln. soʼmlik 4 tasini umumtaʼlim maktablarni taʼmirlash, 850,0 mln. soʼmlik 1 tasini kanalizatsiya tizimini taʼmirlash, 400,0 mln. soʼmlik 1 tasini axborot kutubxona markazini moddiy texnik bazasini mustahkamlash, 500 mln. soʼmlik 1 tasini Olimpiya zaxiralari kollejini taʼmirlash, 480,0 mln. soʼmlik 1 tasini Madaniyat markazini mebelь jixozlari bilan taʼminlash, 985,0 mln. soʼmlik 1 tasini boshqa turdagi loyihalar tashkil etadi.

Hozirda, mazkur loyihalar ijrosi yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish va tegishli ekspertizadan oʼtkazish ishlari boshlab yuborilgan boʼlib, jarayonlar shaxar prokuraturasi, shaxar moliya boʼlimi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ishchi guruhlar tomonidan alohida nazoratga olingan.

Shahar prokurori
katta yordamchisi U.Urunov