Termizda "ICEBERG" koʼngilochar markazi ish boshladi

Termizda "ICEBERG" koʼngilochar markazi ish boshladi
Termiz shahrida sunьiy qoplamali muz maydoniga ega "ICEBERG" koʼngilochar markazining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Prezidentimizning 2019 yil 17-18 oktyabrь kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bunyod etilgan toʼrt qavatli majmuada oilaviy va doʼstlar bilan maroqli dam olish uchun barcha qulay sharoit yaratilgan.
Zamonaviy qiyofada boʼy koʼrsatgan salobatli koʼngilochar markazda sunʼiy qoplamali muz maydoni, supermarket, bank xizmati, 40 ga yaqin savdo doʼkoni, bolalar oʼyingohi, restoran, Fast-fud taomlanish shahobchasi qurilib jihozlandi. Koʼngilochar markazi “Termiz tezkor qurilish” ixtisoslashgan taьmirlash-qurilish tashkiloti bunyodkorlari tomonidan yuksak did bilan sifatli barpo etildi.
– Bu yerda 300 ga yaqin ish oʼrni yaratildi, – deydi "ICEBERG" koʼngilochar markazi direktori X. Qodirov. – Eng ahamiyatli jihati shahar hokimligi tavsiyasi bilan "Yoshlar va ayollar daftari" ga kiritilgan yigitlar hamda xotin-qizlar ishga qabul qilindi. Endilikda ular toza, ozoda va koʼrkam markazda mehnat qilib, oilaviy byudjetlariga yaxshigina daromad olib borish imkoniyatiga ega boʼldi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, poytaxtdan kelgan sanьatkorlar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov soʼnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz farovonligi va yurtimiz obodligi uchun xizmat qilayotganini, bu jarayonda sportni rivojlantirishga ham alohida eьtibor qaratilayotganini taьkidladi. Bunday ezgu yoʼlda janubdagi vohada ham yirik hajmdagi qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilayotgani qayd etildi. Shahar markazidagi 4 ming 500 kvadrat metr maydonda qad rostlagan markazning birinchi qavatida figurali uchish, xokkey va boshqa sport oʼyinlari uchun moʼljallangan sunьiy qoplamali muz maydoni barpo etilib, Ispaniyada ishlab chiqarilgan jihozlar oʼrnatilgan. 100 oʼringa ega tomosha zali qurilgan. Shuningdek, toʼrt qavatda joylashgan attraktsion, restoran, supermarket, savdo doʼkonlari, Fast-fud taomlanish shaxobchasi va boshqa qoʼshimcha yordamchi binolar bir yilda oʼrtacha 60 ming aholiga xizmat koʼrsatishga moʼljallangan.
Tantanali marosim ishtirokchilari viloyat hokimi rahbarligida markazda yaratilgan sharoitlar va xizmat koʼrsatish shoxobchalari faoliyati bilan tanishdi. Poytaxtdan kelgan sanьatkorlar qiziqarli kontsert dasturini namoyish etdi.