HOKIM VA YOSHLAR uchrashuvi davom etmoqda

HOKIM VA YOSHLAR uchrashuvi davom etmoqda

Bugun, 27-aprel kuni shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev 1-sektor hududidagi "Bog‘ishamol" mahallasi yoshlari bilan navbatdagi "Hokim va yoshlar" uchrashuvini o‘tkazdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflari tinglandi. Qabulda yoshlar daftarida ro‘yhatda turuvchi 3 nafar yoshlarga “Talabaga madad” loyihasi asosida oliy o‘quv yurtida tahsil olishlari uchun kontrakt to‘lovining bir qismini to‘lab berilishi belgilangan bo‘lsa, viloyat onkologiya dispanserida ro‘yhatda turuvchi yoshning davolanish xarajatlari tegishli tartibda shartnoma to‘lovining qoplab berilishi joyida ijobiy yechim topdi.

Shuningdek, o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida 3 nafar yoshga tikuv mashinka berilishida, shuningdek, yana 3 nafarning nonvoyxona va sartaroshxona ochishda imtiyozli kredit so‘rab qilgan murojaatiga amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Qolgan murojaatlarni ijobiy hal etish uchun chora-tadbirlar belgilanib, tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.