Mahalladagi hokim yordamchisi qanday ishlarni bajaryapti?

Mahalladagi hokim yordamchisi qanday ishlarni bajaryapti?

Bugun, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev “Chegara”, “Gulira’no” va “O‘zbekiston” mahallalarida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu mahallalarda bugungi kunga qadar hokim yordamchisining tavsiyasi asosida ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilganligi bo‘yicha ishlarni joyiga chiqib o‘rgandi.

Shuningdek, mahalla drayverlarini belgilab olib, yangi g‘oyalar asosida loyihalar ishlab chiqib fuqarolarga targ‘ibot qilish bo‘yicha hokim yordamchilariga ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Jumladan, “Bir mahalla – bir maxsulot” tamoyili asosida “Chegara” mahallasida quyonchilik, chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Normengli Esanov xonadoniga borildi. Suhbat jarayonida fuqaroning o‘z faoliyatini kengaytirishi bo‘yicha imtiyozli kredit ajratilishini so‘rab qilgan murojaati ijobiy yechimini topdi.

Shahar hokimi tomonidan mahalla aholisining tashabbusidan kelib chiqib, joriy yilning 2-chorak yakuniga qadar ushbu mahallada yana 80 ta oilaga tegishli tartibda imtiyozli kreditlar ajratilib, quyonchilik, chorvachilik va parrandachilikni tashkil etish bo‘yicha hokim yordamchisiga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.