BESH TАSHАBBUSDА - BАHOR NАFАSI

BESH TАSHАBBUSDА - BАHOR NАFАSI

Bugun, 26-aprel kuni Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev 12-umumumiy o‘rta taʼlimi maktabida Beshta muhim tashabbusning birinchi va beshinchi yo‘nalishlari boʼyicha o‘tkazilgan musiqiy tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan shahar hokimi Besh tashabbus ijrosi asosida o‘tkazilayotgan tadbirlar o‘quvchilar orasidan yangi iqtidorli va iste‘dodli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, kelgusida ushbu iqtidorli yoshlarning qo‘l mehnati bilan tayyorlagan ijod namunalaridan ko‘rgazmalar tashkil etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, maktab foyesida o‘quvchilar tomonidan karvin sanʼati va turli qo‘l mehnati bilan tayyorlangan ijodlaridan ko‘rgazmalar tashkil etildi.