Termiz shahrida yosh isteʼdodlar ishtirokida kontsert dasturi oʼtkazildi

Termiz shahrida yosh isteʼdodlar ishtirokida kontsert dasturi oʼtkazildi
Termiz shahridagi Sanʼat saroyida “Yoshlar oyligi” doirasida Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlangan “Yangi Oʼzbekiston – yangicha dunyoqarash” ezgu gʼoyasi shiori ostida “Biz istiqlol avlodimiz!” deb nomlangan Termiz ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʼquvchilari va jamoasi ishtirokida kontsert dasturi koʼtarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirda Termiz shahar hokimligi, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlinmasi, Termiz shahar Yoshlar ishlari agentligi, viloyat Madaniyat boshqarmasi va shahar Madaniyat boʼlimi hamda hamkor tashkilot vakillari, taʼlim muassasalari bitiruvchilari, ishsiz, uyushmagan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar ishtirok etishdi. Kontsert dasturi davomida Termiz ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining bitiruvchi oʼquvchilari tomonidan ijro etilgan kuy qoʼshiqlar barcha ishtirokchilarga birdek manzur boʼldi.