Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

 

Termiz shahar hokimligi Kun.uz saytida “Hokimlik uch yillik qarzini qachon uzadi” nomli maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

 

Mazkur holat Termiz shahar hokimligi va Termiz shahar moliya bo‘limining ishchi guruhi tomonidan o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi. Termiz shahar hokimining 2018-yil 23-apreldagi Q-1110-sonli qaroriga ko‘ra Termiz shahar “Markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ va uning hududidagi savdo, xizmat ko‘rsatish hamda umumiy ovqatlanish binolarini buzulishi munosabati bilan Termiz shahar hokimligi va fuqaro Azimov Hayitqul Odinayevich, Termiz shahar Qurilish boshqarmasi hamda Xo‘jalik hisobidagi qurilish direksiyasi o‘rtasida 2019-yil 23-may kuni 60-sonli kelishuv bitimi tuzilib imzolangan.

Ushbu kelishuv bitimiga ko‘ra fuqaro Azimov Hayitqul Odinayevichga tegishli bo‘lgan “Al-Hakim At-Termiziy” ko‘chasi 28-manzildagi ya’ni Termiz shahar “Markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ hududidagi 2-blokda joylashgan 55.0 kv mertdan iborat 6-sonli savdo do‘konini mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholash hisobotini va kadastr hujjatlarini hokimlikka topshirish, bir kun muddat ichida buzib olib er maydonini bo‘shatib berish, kompensasiya mablag‘ini olish uchun Termiz shahar hokimligiga o‘zining hisob raqamlarini taqdim qilinishi, hokimlik tomonidan esa fuqaro Azimov Hayitqul Odinayevichga tegishli bo‘lgan 55.0 kv mertdan iborat bo‘lgan 6-sonli savdo do‘koni binosini mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholangan qiymati 99 988 952 (to‘qson to‘qqiz million to‘qqiz yuz sakson sakkiz ming to‘qqiz yuz ellik ikki) so‘m kompensasiya pulini to‘lab berish va shahar hududidan noturar-joy sifatida 55.0 kv metr er maydonini ajratib berish ko‘rsatilgan.

2020-yil 13-noyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo Sudining Hal qiluv qaroriga ko‘ra Termiz shahar hokimligi hisobidan davogar Odinayev Safarbek Hayitqulovich foydasiga 99 644 597 (to‘qson to‘qqiz million olti yuz qirq to‘rt ming besh yuz to‘qson etti) so‘m kompensasiya puli undirilishi ko‘rsatilgan.

Biroq, kompensasiya puli Termiz shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha shakllangan mablag‘lari belgilangan foizlar bo‘yicha belgilangan jamg‘armalarga va davlat dasturlariga to‘liq yo‘lantirilganligi hamda shahar hokimligining rivojlantirish jamg‘armasida ya’ni budjetdan tashqari mablag‘lari shakllanmaganligi sababli to‘lab berilmagan.

Termiz shahar hokimining 2020 yil 29 iyundagi Q-714-sonli qarori bilan “SMART HOUSE BUILDINGS” MCHJga “Al-Hakim At-Termiziy” ko‘chasi ya’ni sobiq Termiz shahar “Markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ hududida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan noturar-joy binolarining kompensasiya mablag‘larini oldindan yuz foiz to‘lab berish sharti bilan o‘rnidan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi uchun 2200.0 kv metr er maydoni ajratib berilgan.

Hozirgi kunda, Termiz shahar hokimligi va “SMART HOUSE BUILDINGS” MCHJ o‘rtasida Termiz shahar “Markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ hududida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan noturar-joy binolarining kompensasiya mablag‘larini to‘lab berish bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda kelishuv bitimini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Termiz shahar hokimining 2020-yil 21-oktyabrdagi

Q-1064-sonli qarori bilan shaharning “Kattabog‘” mahallasi hududidan 1820.0 kv.metr er maydoni ajratib, hozirgi kunda Termiz shahar hokimligi va Termiz shahar Qurilish boshqarmasi tomonidan sobiq, Termiz shahar “Markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ hududida joylashgan 91 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan noturar-joy binolari egalariga (shu jumladan murojaat mualliflari Azimov Hayitqul Odinayevich va o‘g‘li Odinayev Safarbek Hayitqulovichlarga) savdo do‘koni qurish uchun har biriga 4.0x5.0 kv.metr o‘lchamdagi 20.0 kv.metrdan er maydoni ajratilib berilgan.

Shuningdek, tadbirkor Safarbek Odinayev va uning otasi Hayitqul Azimovlarga belgilangan kompensasiya pulini qisqa muddatlarda to‘lab berilish choralari ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz.