“Tashabbusli byudjet” ijrosi nazoratda

“Tashabbusli byudjet” ijrosi nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori hamda sohaga doir boshqa qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2022 yil aprel oyida Surxondaryo viloyati Termiz shahar bo‘yicha jami 9 ta loyihalar g‘olib deb topildi.

Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Termiz shahri 2021 yil yakuniga ko‘ra shakllangan qo‘shimcha mablag‘lar hamda 2022 yilning 01 yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan “Fuqarolar tashabbusli byudjeti” jamg‘armasiga jami 5067,0 mln.so‘m mablag‘ ajratildi.

Ulardan 1500,0 mln. so‘mlik 4 tasini umumta’lim maktablarni ta’mirlash, 850,0 mln. so‘mlik 1 tasini kanalizasiya tizimini ta’mirlash, 400,0 mln. so‘mlik 1 tasini axborot kutubxona markazini moddiy texnik bazasini mustahkamlash, 500 mln. so‘mlik 1 tasini Olimpiya zaxiralari kollejini ta’mirlash, 480,0 mln. so‘mlik 1 tasini Madaniyat markazini mebel jixozlari bilan ta’minlash, 985,0 mln. so‘mlik 1 tasini boshqa turdagi loyihalar tashkil etadi.

Hozirda, mazkur loyihalar ijrosi yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish va tegishli ekspertizadan o‘tkazish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, jarayonlar shaxar prokuraturasi, shaxar moliya bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ishchi guruhlar tomonidan alohida nazoratga olingan.


Shahar prokurori
katta yordamchisi
U.Urunov