RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Termiz shahri Katta bog‘ mahallasi Navbahor ko‘chasida chiqindilar to‘kilib yotgani tanqid qilingan" murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur holat bo‘yicha mas’ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganda Navbahor ko‘chasida yashovchi N.M ismli fuqaro shaxsiy uy-joyini qayta ta’mir qilayotganligi va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga chiqarib tashlaganligi aniqlangan.
Shundan so‘ng fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qarori asosida jarimaga tortilgan hamda belgilanmagan joyga to‘kilgan qurilish chiqindilari maxsus mashinalar yordamida olib chiqib ketilganligini ma’lum qilamiz.