"Siyosiy-ma'rifat soati" bo'lib o'tdi

"Siyosiy-ma'rifat soati" bo'lib o'tdi

Termiz shahar hokimligida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi xodimlari va bo‘lim rahbarlari ishtirok etdi.

Siyosiy-ma'rifat soatida spikerlar tomonidan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari, shaxsiy samaradorlikni oshirish (Self-management) huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.