Respublika boʼyicha 2 mingdan ziyod mahalla xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan.

Respublika boʼyicha 2 mingdan ziyod mahalla xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan.

Prezident aholisi koʼp qishloqlarda shaharlardagi mavjud xizmatlarni imkon qadar yoʼlga qoʼyish lozimligini koʼrsatib oʼtdi.

Mutasaddilarga aholisi 20 mingdan oshadigan 3-4 ta mahalla uchun kamida 1 tadan mahallalararo chakana savdo va xizmat koʼrsatish markazlarini tashkil etish boʼyicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash topshirildi.

Ushbu markazlar ham, mikro sanoat markazlari kabi, 5 yil muddatga yer va mol-mulk soligʼidan ozod etilishi belgilandi.

Bu orqali viloyat hokimlari mahallalarda ikkinchi chorakda xizmatlar sohasida 140 mingta ish oʼrni yaratishi zarurligi taʼkidlandi.

Yigʼilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoq rahbarlari hisobot berdi, hokim yordamchilarining fikr-mulohazalari tinglandi.