18 APREL - UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH SOHASI XODIMLARI KUNI
18 APREL - UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH SOHASI XODIMLARI KUNI
Bayram tadbirida Termiz shahar hokim o‘rinbosari Bunyod Shaniyazovich tabrik so‘zida kommunal soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi.
"Faoliyat olib borayotgan kommunal soha aholi kayfiyatiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’sir qiladigan o‘ta mas’uliyatli sohalardan biri ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. vohadoshlarimizga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatib, ular roziligiga erishish mushkul va o‘z navbatida sharafli vazifadir".
Xalqimizning turmush darajasini oshirish, aholining kundalik extiyojlarini qondirish, ularga qulay yashash sharoit yaratishdek ma’suliyatli soha fidoyilarining zahmatli mehnatlari munosib e’tirof etildi.
Soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlari Termiz shahar hokimligining faxriy yorlig‘i va esalik sovg‘alari bilan taqdirladi.