TerDU talabalari teatrda

TerDU talabalari teatrda

🔰Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr esa oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.

📃 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’risida”gi PQ-112-sonli va Surxondaryo viloyat hokimning tegishli qaroriga binoan tasdiqlangan reja grafik asosida poytaxtdan tashrif buyurgan O’zbekiston davlat drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan bugun San’at saroyi binosida “Otasining qizi” deb nomlangan komediya janridagi spektakl namoyish etildi.

🏛Termiz davlat universitetining barcha fakulteti talabalari spektaklni qiziqish bilan tomosha qilishdi.