Surxondaryoda “Kitob haftaligi” boshlandi

Surxondaryoda “Kitob haftaligi” boshlandi

Mamlakatimizning barcha hududlarida boʼlgani kabi bugun Surxondaryoda ham “Kitobxon millat” shiori ostida II respublika “Kitob haftaligi” tadbirlari boshlandi.

Shu munosabat bilan bugun Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʼida Haftalikning ochilishiga bagʼishlab oʼtkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari vakillari, olimlar, yozuvchi va shoirlar, sanʼatkorlar, kitobxonlar, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda shoir va yozuvchilarining kitobxonlar bilan uchrashuvi, kitoblar koʼrgazmasi, kitob savdo yarmarkasi, rassomchilik asarlari, hunarmandchilik, kashtachilik, zardoʼzlik mahsulotlari, noyob eksponatlar namoyishi yigʼilganlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Joriy yilning 23 apreliga qadar davom etadigan Haftalik doirasida viloyatdagi axborot-kutubxona markazlari, mehnat jamoalari, taʼlim muassasalari, mahallalarda kitob yarmarkalari, aktsiyalar, davra suhbatlari, taqdimotlar, tanlovlar oʼtkazilishi koʼzda tutilgan.