Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxasisslari Termizda bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazadi

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxasisslari Termizda bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazadi

SSV markaziy apparati jamoasi, ixtisoslashtirilgan markazlar mutaxassislari va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari professor-shifokorlaridan iborat 150 nafar vrachdan iborat tibbiy guruh Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan.

Ular 17 aprel, yakshanba kuni soat 8:00 dan boshlab Termiz shahridagi “Amudaryo“ bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida tibbiy yordamga ehtiyoji bo‘lgan barcha bemorlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi.

Jumladan:
🔹 Kardiolog
🔹 Otolaringolog
🔹 Endokrinolog
🔹 Akusher-ginekolog
🔹 Oftalmolog
🔹 Neyroxirurg
🔹 Onkolog
🔹 Xirurg
🔹 Urolog
🔹 Terapevt
🔹 Dermatolog
🔹 Nevropatolog
🔹 Pediatr
🔹 Infeksionist
🔹 Ultratovush tekshiruvi
🔹 Teri tanosil kasalliklari
🔹 EKG laboratoriya

Bundan tashqari saralab olingan yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkaziladi. Barcha tibbiy tekshiruvlar, laboratoriya analizlari va jarrohlik amaliyotlari bepul amalga oshiriladi.