15 APREL — «MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI KUNI»

15 APREL — «MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI KUNI»

"Adabiyot, madaniyat va san’at yashasa, millat va xalk, butun insoniyat bezavol yashaydi".
(Shavkat Mirziyoyev).

Xabaringiz bor, yurtimizda 15 aprel — «Madaniyat va san’at xodimlari kuni» etib belgilangan.
Shu sana munosabati bilan bugun Termiz shahar hokimligi tomonidan "Azizbek" tantanalar saroyida madaniyat va san’at sohasi fidoyilariga bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram dasturida soha xodimlarining badiiy chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga bir olam zavq bag‘ishladi.
Tadbir davomida sohada faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xodimlarga shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.