Termiz shahrida “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy kontsert dasturi oʼtkazildi.

Termiz shahrida “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy kontsert dasturi oʼtkazildi.
Termiz shahar “Maʼrifat” MFYdagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida joriy yilning 29 may kuni soat “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida mahallalar aholisi, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy kontsert dasturi oʼtkazildi. Tadbirda “А.Аvloniy”, “А.Navoiy”, “Аlpomish”, “Boʼston”, “Jayhun”, “Kattabogʼ”, “Kokildorota”, “Namuna”, “Farxod” hamda “Yulduz” mahallalarining fuqarolari, oliy iaʼlim muassasalarining talabalari, akademik litsey va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi oʼquvchilari, 3-sektor vakillari, sanʼatkorlar va hamkor tashkilotlar, OАV xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida sanʼatkorlar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan sheʼrlar va kuy-qoʼshiqlar tadbir ishtirokchilariga koʼtarinki kayfiyat ulashdi.