Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022 y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʼyxatdan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorga oʼzgartirishlar kiritildi (https://t.me/huquqiyaxborot/11512).

🔰Kiritilgan qoʼshimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʼyxatdan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

➖2010 yilgacha boʼlgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
➖2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
➖2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
➖2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

📌 Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.