TERMIZ SHAHRIDAGI MAHALLALAR YANADA OBOD VA FAYZLI GO‘SHAGA AYLANADI

TERMIZ SHAHRIDAGI MAHALLALAR YANADA OBOD VA FAYZLI GO‘SHAGA AYLANADI

Bugun, 13-aprel kuni shahar hokimligida Prezident qarori asosida 2022-yilgi “Obod mahalla” dasturini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali joriy yil dastur asosida shahrimizdagi “Bog‘ishamol” va “Chegarachi” mahallalarining yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda barcha sektor rahbarlari, shahar Xalq qabulxonasi mudiri va kun tartibiga aloqador korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda dastur doirasida mahallalarning qiyofasini tubdan o‘zgartirish ushun hududda obodonlashtirish, bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish bilan bog‘liq vazifalar tegishli chora-tadbirlar asosida belgilab olindi.

Yakunda shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev tomonidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga mazkur dastur ijrosini sifatli va o‘z vaqtida bahamjihat bajarilishi bo‘yicha qat’iy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.