Termizda daryo qirgʼoqlariga chiqindi toʼkilayotgani aniqlandi

Termizda daryo qirgʼoqlariga chiqindi toʼkilayotgani aniqlandi

Termiz shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʼlimi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan nazorat reyd tadbiri oʼtkazildi.

Oʼtkazilgan reyd tadbiri davomida shaharning “Guliston” mahallasi hududidan oqib oʼtuvchi Surxon daryosining qirgʼogʼiga fuqaro D.R. oʼz boshqaruvida boʼlgan yuk mashinasida qurilish chiqindilarni toʼkkanligi aniqlandi. Аniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 91prim-1 moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari 810 000 soʼm miqdorida maʼmuriy jarima belgilandi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Аxborot xizmati.