Bog‘zor mahallasida “HOKIM VA YOSHLAR" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bog‘zor mahallasida “HOKIM VA YOSHLAR" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 12-aprel kuni Matbuot uyida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev 1-sektor hududidagi "Bog‘zor" mahallasi yoshlari ishtirokida navbatdagi "Hokim va yoshlar" uchrashuvini o‘tkazdi.

Shuningdek, 3 nafar yosh oilaning ish masalasidagi murojaati ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, o‘z-o‘zini band qilish bo‘yicha murojaat qilgan yoshlarga xizmat ko‘rsatish sohasida imtiyozli kredit masalasi mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasi asosida amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Qolgan yoshlarning murojaat va kreativ takliflarini ijobiy hal etish uchun chora-tadbirlar belgilanib, tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.