TERMIZ SHAHRIDA NOMZODLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

TERMIZ SHAHRIDA NOMZODLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Bugun, 11-aprel kuni Termiz shahar hokimligi yig‘ilishlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali tomonidan tanlov g‘oliblari, tanlovda ishtirok etish xoxishini bildirgan fuqarolar hamda nomzodlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Habaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tshg‘risi"gi PF-5843-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida agentlik tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilar vakant lavozimlarining yagona ochiq portali yo‘lga qo‘yilgan. Uchrashuvda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyat filiali rahbari Sherpo‘lat Boyqulov, shuningdek, filial xodimlaridan Ilhom Karimov, Azimjon Hamdamovlar, shahar hokimligi vakillari, tanlov g‘oliblari, nomzodlar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida mas’ullar tomonidan davlatfuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali amalga oshirilgan ishlar hamda ochiq mustaqil tanlovlarni tashkil etishning huquqiy asoslari va mexanizmlari, tashkil etish bosqichlari hamda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar, tanlov g‘oliblari bilan ishlash usullari to‘g‘risida fikrlar yuritildi.

Shuningdek, tanlovlar ularda ishtirok etish, ro‘yhatdan o‘tish, ariza topshirish va vakansiya bilan ishlash video qo‘llanmalar asosida tushuntirildi. Muloqot so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif, fikr-mulohazalar va savollarga batafsil javoblar berildi.