“Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiorlari ostida kontsert oʼtkazildi

“Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiorlari ostida kontsert oʼtkazildi
Termiz shahar “Аlpomish”MFYdagi Sanʼat saroyida joriy yilning 28 may kuni soat 19:00dan 21:00ga qadar “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Oʼzbekitson yoshlari birlashaylik!” shiorlari ostida mahallalar aholisi, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy kontsert dasturi oʼtkazildi.Tadbirda mahallalarining fuqarolari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari, akademik litsey va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi oʼquvchilari, taniqli sanʼatkorlar va hamkor tashkilotlar, OАV xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida shahardagi umumtaʼlim maktablari oʼquvchilarining koʼrgazmali chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, sanʼatkorlar tomonidan badiiy chiqishlar ijro etildi. Sheʼrlar va kuy-qoʼshiqlar tadbir ishtirokchilariga koʼtarinki kayfiyat ulashdi. Аyniqsa, mahoratli aktyor va aktrisalarning ijro etgan rollari xalq olqishlariga sazovor boʼldi. Respublikadan taniqli Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Dilafruz Xayitmetova, Oʼzbekiston davlat drama teatri aktrisasi Izroxat Muratova, Temur Raxmonberganov, Oʼzbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Maysara Raximova hamda viloyat drama teatri xonandasi Nozigul Haitovalar ishtirok etishdi. Oʼtkazilgan tadbirda sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga yanada xush kayfiyat ulashdi.