INSON QАDRI ULUGʼLАNDI

INSON QАDRI ULUGʼLАNDI

Xalqimizning hoʼp ajoyib naqllari bor. "Mehnat insonni ulugʼlaydi" iborasi shulardan biridir.

Darhaqiqat, kimki Vatan va xalq manfaati yoʼlida fidoyilik koʼrsatsa, u albatta elning olqishiga, haqning eʼtirofiga sazovor boʼladi.
Hamshahrimiz Robiya Tulyakova ham ana shunday insonlar sirasiga kiradi. Bugun, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev boshchiligida shahar Mahalla va Nuroniylar boʼlimining masʼullari birgalikda "Bogʼzor" mahallasida istiqomat qilayotgan elparvar inson, mehnat faxriysi, "Buvijonlar maktabi" jamoatchilik kengashi raisi Robiya Xasanovnaning xonadoniga tashrif buyurib, xoji onani tabarruk 80 yosh tavallud ayyomi bilan tabrikladilar.

Shahar hokimi duogoʼy onaxonni sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik nomidan eng ezgu tilaklar ila samimiy muborakbod etdi.
Hozirda shu qutlugʼ yoshida ham gʼayratli va shijoatli munis onaxonimiz Vatan va xalq oʼzining beminnat hissasini qoʼshib kelayotir. Аna shunday mehnati tufayli hamshahrimiz xalqning eʼzozi va hurmatiga sazovor boʼlib kelmoqdalar.

Zero, "HАLOL MEHNАT INSONNI DOIMO ULUGʼLАYDI!"