Surxondaryoda “Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar forumiga start berildi

Surxondaryoda “Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar forumiga start berildi

“Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʼtkazilayotgan “Islohotchi yoshlar” forumi mamlakatimiz yoshlarini Termiz shahridagi “Аmudaryo” bolalar sogʼlomlashtirish oromgohida birlashtirdi.

9-10 aprelь kunlari boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan forum doirasida turli koʼrik-tanlovlar, koʼngilochar dasturlar, intellektual salohiyatni oshiruvchi loyihalar, sport oʼyinlarini oʼtkazish maqsad qilingan.

“Islohotchi yoshlar” forumining tantanali ochilish marosimi bugun, 9 aprelь kuni soat 13:00da Termiz shahridagi Yoshlar markazida boʼlib oʼtadi. Soat 20:00dan “Аmudaryo” bolalar oromgohida sport-sogʼlomlashtirish va madaniy hordiq chiqarish tadbirlari boshlanadi.