"Moʻjizalar olami" jamoasining chiqishlari davom etmoqda

"Moʻjizalar olami" jamoasining chiqishlari davom etmoqda

Bugun, Termiz shahar madaniyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan "Moʻjizalar olami" illyuzion fokus havaskorlik jamoasi Termiz shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘z dasturlarini namoyish etdi.

"Moʻjizalar olami" fokus va illyuziya guruh rahbari Shoxrux Xoliyarovning shahar bo‘ylab boshlangan fokus va illyuziya tomoshalarini maktab o‘quvchilari yuqori kayfiyatda olqishlari bilan qarshi olishmoqda. Mazkur ko‘ngilochar tadbir namoyishlari maktablardagi dars jarayonlariga ta’sir etmagan holda, ixtiyoriy ravishda o‘quv smenalari almashinuvlari inobatga olgan holda rejali etib, tashkil etilmoqda.