“Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Oʼzbekiston yoshlari – kelajak poydevori!” shiori ostida tadbir oʼtkazildi

“Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Oʼzbekiston yoshlari – kelajak poydevori!” shiori ostida tadbir oʼtkazildi
Termiz shahridagi 8-sonli umumtaʼlim maktabida 2021 yil 28 may sanasida “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Oʼzbekiston yoshlari – kelajak poydevori!” shiori ostida mahallalarda va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Tadbir jarayonida sanʼatkorlar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan sheʼrlar va kuy-qoʼshiqlar tadbir ishtirokchilariga koʼtarinki kayfiyat ulashdi.