Аyni paytda Termiz shahridagi Sanʼat saroyida “Fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) saylovining tashkiliy – huquqiy asoslari” mavzusida seminar oʼtkazilmoqda.

Аyni paytda Termiz shahridagi Sanʼat saroyida “Fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) saylovining tashkiliy – huquqiy asoslari” mavzusida seminar oʼtkazilmoqda.

Seminarda Senat komissiyasi raisi Tolibjon Madumarov, Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Suyarjon Qurbonqulov, fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda oʼtkazishga koʼmaklashuvchi viloyat, shuningdek, Termiz shahar, Аngor, Bandixon, Boysun, Jarqoʼrgʼon, Qiziriq, Qumqoʼrgʼon, Muzrabot, Termiz, Sherobod va Shoʼrchi tumanlari komissiyalari aʼzolari, ushbu hududlardagi mahallalarda tashkil etilgan ishchi guruhlar raislari ishtirok etmoqda.

Seminarda “Fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) saylovi toʼgʼrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, saylovning tashkiliy – huquqiy asoslari, saylovga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish, fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod koʼrsatish tartibi haqida tushuntirishlar berilmoqda.