HUQUBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO‘YICHA TANQIDIY YIGʻILISH O‘TKAZILDI

HUQUBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO‘YICHA TANQIDIY YIGʻILISH O‘TKAZILDI

Joriy yilning mart oyida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan Termiz shahrida huquqbuzarlik holatlari hamda jinoyatchilik bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirilgan edi.

Shu sababli Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev boshchiligida sektor rahbarlari huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazorati, deputatlar, yoshlar hamda profilaktika inspektorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda jinoyatchilik holatlari oshgan va huquqbuzarlik holatlari ko‘p sodir etilayotgan mahalla faollari hamda profilaktika inspektorlariga qattiq ogohlantirish berilib, shahar hududida huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va jinoyatchilikka qarshi keskin choralar ko‘rish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.