XALQ BILAN FAOL VA OCHIQ MULOQOT

XALQ BILAN FAOL VA OCHIQ MULOQOT

Termiz shahrida tizimli ravishda o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi “Guliston” mahallasidagi 1-sektor binosida o‘tkazildi. Unda Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev rahbarligida barcha sektor rahbarlari va Termiz shahar Xalq qabulxonasi mudiri hamda barcha mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida 80 ga yaqin fuqarolar o‘z muammo va takliflari bilan murojaat qilishdi.
Ichimlik suvi masalasida 4 ta, ish so‘rab murojaat qilgan 9 ta murojaatning 3 tasi, imtiyozli kredit olish masalasidagi 5 ta murojaat esa mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasi asosida joyida yechimini topdi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turuvchi 1-guruh nogironi A.Bozorovga bir martalik moddiy yordam masalasi ijobiy hal etildi hamda sog‘ligini tiklash maqsadida murojaat qilgan 3 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarga imtiyozli davolanishi uchun order olishga navbat asosida ro‘yhatga qo‘yilgan bo‘lsa, yana 6 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga sog‘ligini tiklashlari uchun bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Bir martalik moddiy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning oilaviy ahvoli o‘rganilib, tegishli tartib asosida moddiy yordam ajratilishi aytib o‘tildi. Subsidiya asosida uy-joy olish bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bajarilishi muddat talab etadigan qolgan murojaatlar ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.