HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugun, 5-aprel kuni Termiz shahrida yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi Tuproqqo‘rg‘on mahallasi binosida bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyevga yoshlar murojaat qilib, o‘zlarining taklif va muammolarini aytishdi. Uchrashuv davomida yoshlarning aksariyat murojaatlari joyida ijobiy hal etildi.

Ijrosi vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.