Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi temir yo‘l vokzalida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi temir yo‘l vokzalida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, viloyat Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari –senator Orziqul Soatov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi Xanifa Xodjaeva, Termiz shahar hokimligi, Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, Viloyat Faxriylar ishlari bo‘yicha viloyat kengashi, O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar Surxondaryo viloyat kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi, “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi, afg‘on urushi qatnashchilari, mudofaa vazirligi harbiy pensionerlar va faxriylari, nuroniy otaxonlar va askarlarning ota-onalari ishtirok etdi.